Bartomeu: «Xavi qachondir «Barselona»ga murabbiy bo‘ladi»

Sport 09:55 / 22.07.2017 5037

Ispaniyaning «Barselona» klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning fikricha, klub sobiq yarimhimoyachisi Xavi kelgusida Kataloniya jamoasi murabbiyi bo‘ladi. Futbolchi hozirda Qatarning «As-Sadd» klubida to‘p surmoqda. 

«Hozir u faqat o‘ynayotgani yo‘q, balki murabbiylikni ham o‘rganmoqda. Albatta, u bir kun kelib «Barselona» murabbiyi bo‘ladi. Bilmayman, u bizning jamoalarimizdan qaysi birini boshqaradi, ammo maqsad birinchi jamoa bo‘lishi aniq. 

Messi faoliyatini yakunlaganida u ham «Barselona»da qoladi. Uning o‘rnini bosa oladigan futbolchini topishimiz juda qiyin bo‘ladi», — deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi Football Espana.

Ko‘proq yangiliklar: