Android yaratuvchisi Essential smartfoni “bir necha hafta” ichida yetkazib berilishini aytdi

Fan-texnika 12:37 / 22.07.2017 6948

Android yaratuvchisi Endi Rubin Essential Phone smartfonlari qachon yetkazib berilishini ma'lum qildi. Kompaniya rahbari ehtimoliy xaridorlarga maktub yo‘llab, unda yetkazib berish “yaqin bir necha hafta ichida” amalga oshishini aytiladi.

Maktub Essential’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi. Unda aytilishicha, kompaniya hozirda amerikalik va xalqaro mahsulot yetkazib berish xizmatlari bilan ishlamoqda hamda qurilmani sertifikatlash masalasini hal etmoqda. Bu jarayondagi murakkabliklar nima bilan bog‘liq ekani aytilmayapti. Sotuvlar qachon boshlanishi ochiqlanmagan.

2017 yilning 17 iyul kuni The Financial Times gazetasi Essential AQShdan tashqari, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Yevropada ham smartfonlar sotishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgandi.

Endi Rubin Essential PH-1 smartfonini 2017 yilning may oyi oxirida taqdim etdi. O‘shanda u yetkazib berish ishlari 30 kun ichida boshlanishiga va'da berdi, biroq bu ro‘y bermadi. Iyul oyi o‘rtalariga kelib smartfonlar hamon sotuvga chiqarilmadi. 

Ko‘proq yangiliklar: