Afg‘onistonda AQSh aviazarbasi tufayli 12 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Jahon 11:11 / 22.07.2017 5339

AQSh tomonidan berilgan xato aviazarba natijasida Afg‘oniston milliy politsiyasining 12 xodimi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi. Zarba Pentagon bilan muvofiqlashtirilgandi, deb ma'lum qildi Hilmond viloyati politsiyasi boshlig‘i Abdul G‘afor Safiy.

Associated Press’ning xabar qilishicha, aviazarba AQShning “Tolibon” harakati jangarilariga qarshi amaliyoti davomida berilgan.

Safiyning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar shu tumanda harbiylar bilan birga ishlagan politsiyachilar edi.

Ta'kidlanishicha, Hilmondda NATO va AQSh qo‘shinlari afg‘on harbiylariga yordam ko‘rsatish maqsadida qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: