«U mening kumirim». Neymar bu gaplardan keyin ham «Barselona»dan ketadimi?

Sport 15:15 / 21.07.2017 28625

Ayni vaqtda butun dunyodagi futbol muxlislarini bir savol o‘ylantirmoqda – Neymar Primerada qoladimi yoki Liga 1 chempionatini hayratlantirish uchun yo‘l oladimi?

Ispan nashrlari Neymar «PSJ» bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida yozmoqda. Hozirda fransuzlar «Barselona» bilan muzokara o‘tkazmoqda va tomonlar kelishuvga yaqin turibdi.

Barchaga ma'lumki, ushbu futbolchining transfer bahosi 222 mln yevro etib belgilangan. Ammo arab shayxlarini bu cho‘chitmaydi – ular «Manchester Yunayted»ning transfer rekordini yangilashga tayyor.

Ba'zi manbalar ushbu transferdagi ishtiroki uchun parijliklar futbolchining otasiga 50 mln yevro va'da qilgani aytilmoqda. «PSJ» Neymarning otasiga bu bo‘yicha yozma va'da bergan. Katta Neymar futbolchining otasi hisoblanadi va buning hayron qolgulik joyi yo‘q.

Futbolchi bu taklifga rozi bo‘lsa, 5 yil davomida Fransiyada 150 mln yevro ishlab olishi mumkin bo‘ladi. Ya'ni, 50 mln yevro – uning sevimli otasiga, 150 mln yevro – uning o‘ziga va 222 mln yevro – «Barselona»ga. Jami 420 mln yevro. Joze Mourino transfer bozoridagi ahvoldan shikoyat qilishi bejizga emas...

Bugun bu mavzuda yana bir muhim yangilik tarqaldi – Neymarning «PSJ»ga o‘tishi 95 foizga hal bo‘lgan. Bu vaqtda futbolchi Instagram tarmog‘ida «jumboq post» qoldirdi.

Endilikda hamma u «Barselona»dan ketish haqida o‘ylayotganini biladi. Uning ketishiga Lionel Messi sababchi sifatida ko‘rsatilmoqda. Neymarning yaqinlari unga klubini almashtirishni, hozirgi klubida u argentinalik futbolchi soyasida qolib, shaxsiy natijalarga erisha olmasligini uqtirishmoqda.

Bu xabarlar fonida Neymar Messi haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Messi nega dunyoning eng yaxshi futbolchisimi? Bunga hech kim javob bera olmaydi. Hech bir ekspert sizga u bu ishlarni qanday qilayotganini tushuntirib bera olmaydi. Lionel shunchaki barcha standartlardan tashqarida. U juda aqlli futbolchi, qolaversa, uning texnikasi va tezligi a'lo darajada. Uning kuchi barcha chiziqlarda harakatlanishga imkon beradi. Messi kichikkina hududda bir necha futbolchilarni aldab o‘tishi mumkin. U shunchaki sehrgar.

Shuningdek, Lionel juda yaxshi inson.  U hech qachon o‘zini boshqalardan yuqori tutmaydi. Messi boshqalarga imkoniyat beradi. O‘ylaymanki, u tufayli men yangi darajaga ko‘tarildim.

Men uning mashg‘ulotlardagi harakatlarini kuzataman va uning uchun har bir o‘yin qanchalik muhimligini yaxshi tushunaman. Bu menga yordam beradi. U bilan birga o‘ynaganim - mening omadim. Messi – mening kumirim», – degan Neymar.

Ko‘proq yangiliklar: