Turkiyada yuz bergan kuchli zilziladan so‘ng sunami paydo bo‘lgani ma'lum qilindi

Jahon 08:47 / 21.07.2017 15217

Yevropa seysmologiya markazi mutaxassislarining ma'lum qilishicha, Turkiyadagi kuchli zilzila sabab uncha katta bo‘lmagan sunami paydo bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

«Kichik sunamining paydo bo‘lgani tasdiqlandi. Sohilbo‘yidan uzoqroq masofada bo‘ling», - deyiladi markaz xabarida.

Shu bilan birga, Turkiya hukumatining ma'lum qilishicha, sunamining paydo bo‘lish ehtimoli juda kam. Ta'kidlanishicha, zilziladan so‘ng katta to‘lqinlar kutilmoqda.

Avvalroq Turkiyaning Bodrumida va Gretsiyaning Kos orolida kuchli zilzila yuz bergani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: