Neymar «Barselona» futbolchilariga «PSJ»ga o‘tayotgani haqida aytgan

Sport 19:45 / 21.07.2017 12149

«Barselona» hujumchisi Neymar kelgusi faoliyatini «PSJ»da davom ettirmoqchi. Bu haqda  Le Parisien nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubidagi bir qator sheriklariga «PSJ»ga o‘tayotgani haqida aytishga ham ulgurgan. «Barsa» futbolchilari allaqachon uning ketishiga ko‘nika boshlagan.

Shuningdek, Neymar Instagram ijtimoiy tarmog‘iga o‘ychan ko‘rinishdagi suratini joylagan va unga o‘ychanlikni bildiruvchi smaylkni sharh sifatida qoldirgan. Bu post darhol «PSJ»ning bir qator futbolchilari tomonidan «layk»langan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Radio Catalunya Neymarning «PSJ»ga o‘tishi 95 foizga hal bo‘lgani, unga shartnomasida ko‘rsatilgan 222 million yevro miqdorida tovon puli to‘lanishini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: