XVJ Gretsiyaga 1,6 mlrd yevroni qanday shartda taqdim etishi ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 08:53 / 21.07.2017 3773

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Gretsiyaga 1,6 mlrd yevrolik kreditlarni faqatgina Yevroittifoqdan mamlakat qarzining barqarorligi borasida kafolatlar olsagina, taqdim etadi. Bu haqda tashkilot matbuot relizida aytiladi.

Afinaga mablag‘lar Gretsiyaning qarz barqarorligini ta'minlash bo‘yicha yevropalik sheriklarining ishonch beruvchi kafolatlaridan so‘ng taqdim etiladi. Bundan tashqari, Gretsiyaning iqtisodiy dasturi ham reja bo‘yicha davom etishi talab qilinmoqda.

XVJdan ta'kidlashlaricha, Gretsiyaga yordam dasturi mamlakat byudjyetiga barqarorlik berish va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy siyosat hamda ijobiy o‘sishni ta'minlash maqsadida taqdim etilmoqda.

Avvalroq XVJ Gretsiyaga 1,6 mlrd yevrolik kreditlar ajratayotgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: