Xitoydagi restoranda portlash yuz berdi

Jahon 10:46 / 21.07.2017 9544

Xitoyning Chjetszyan viloyatidagi Xanchjou shahrida joylashgan restoranda portlash yuz berdi. Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana kamida 55 nafar inson jarohat oldi.

Ta'kidlanishicha, jarohatlanganlardan 12 nafarining ahvoli og‘ir holatda.

South China Morning Post’ning politsiyaga asosan xabar berishicha, gaz ballonlari portlagan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmatining 12 ta bo‘linmasi yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: