Gretsiya va Turkiyada kuchli zilziladan so‘ng yuzlab kishilar jarohat oldi

Jahon 09:05 / 21.07.2017 6185

Gretsiyaning Kos orolida Turkiya hamda Gretsiya qirg‘oqlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida 120 kishi jabrlandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, yer silkinishi tufayli bir necha binolar va orolning bosh porti zarar ko‘rgan.

Shu bilan birga, Turkiyaning Bodrumida taxminan 70 kishi zilzila natijasida jarohat olgan va tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda NTV xabar qilmoqda.

Avvalroq Gretsiyada kuchli zilzila sabab bir necha kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

 Turkiya Bodrum. Foto: superhaber.tv

Turkiya Bodrum. Foto: superhaber.tv 

Turkiya Bodrum. Foto: superhaber.tv

Ko‘proq yangiliklar: