AQShning eng mashhur nashrlaridan biri Ukrainaning Qrimsiz xaritasini e'lon qildi

Jahon 18:31 / 21.07.2017 10105

Amerikaning The Washington Post gazetasi Twitter’da o‘z maqolasiga e'lon qilingan postga Ukrainaning Qrimsiz xaritasini qo‘shib qo‘ydi.

Nashr bunday tasvir bilan “Donetsk xalq respublikasi” rahbari Aleksandr Zaxarchenkoning Malorossiya davlatini tuzish bo‘yicha tashabbusiga oid maqolaga bezak bergan. 

Xaritada Ukrainaning hozirgi chegarasi belgilangan, shuningdek, Donetsk shahri alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

18 iyul kuni “Donetsk xalq respublikasi” rahbari Aleksandr Zaxarchenko yangi davlat – Malorossiya tuzilgani haqida ma'lum qilgandi. Keyinchalik Poroshenko “DXR” rahbarining yangi davlat tuzish haqidagi bayonotiga izoh berdi.

Ko‘proq yangiliklar: