Air France qoshida Joon byudjyetli aviakompaniyasi ochiladi

Iqtisodiyot 13:30 / 21.07.2017 3119

Frantsuz aviakompaniyasining alohida ta'kidlashicha, yangi aviatashuvchi loukoster hisoblanmaydi, chunki parvoz vaqtida yo‘lovchilarga «original mahsulotlar va xizmatlar» taqdim etiladi, deb xabar beradi TASS.

Fransiyaning Air France flagman Joon byudjyetli aviatashuvchi kompaniyasini tashkil etishga qaror qildi. Bu haqda payshanba kuni kompaniya saytida e'lon qilingan bayonot orqali ma'lum qilingan.

«Joon loukoster (o‘ta arzonlashtirilgan, salonda xizmatlar ko‘rsatilmaydigan aviaqatnov) bo‘lmaydi, chunki Air France’ning boshqa reyslari kabi bortda original mahsulotlar va xizmatlar taqdim etiladi», — deyiladi hujjatda.

Ta'kidlanishicha, Joon’ni ochish qarori 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan mijozlarni jalb qilish maqsadida qabul qilingan. Bu yosh toifasiga mansub yo‘lovchilar past byudjyetli aviakompaniyalar xizmatidan faol foydalanishadi. Air France esa qimmat bo‘lmagan parvozlar taklif qilayotgan kompaniyalar tomonidan raqobatni borgan sari ko‘proq his qilmoqda.

Joon aviakompaniyasi Parijdagi Sharl-de-Goll aeroportidan o‘rta masofalarga parvozni kuzda boshlaydi. 2018 yilning yozida uzoq masofalarga to‘rtta reys ochish mo‘ljallanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: