Jizzaxda ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tmoqda 

Jamiyat 13:00 / 20.07.2017 7482

Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan 17-23 iyul kunlari Jizzax shahar Mustaqillik maydonida viloyat badiiy havaskorlik jamoalarining ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad viloyatning barcha hududlaridan iste'dodli va istiqbolli yoshlarni tanlash va saralash, tarbiyalash, yoshlar ongida ajdodlar qoldirgan boy nomoddiy madaniy merosni shakllantirish, xalq ijodiyotining turli janrlari bo‘yicha olib borilayotgan ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishish, yoshlarning xalq ijodiyotining turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish, badiiy havaskorlik san'atini rivojlantirish, shuningdek nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchi shaxslarni kashf etish va ularni ma'naviy kamol toptirishdan iborat.

Tanlovning shahar va tuman bosqichlaridan saralab olingan folklor-etnografik ansambllari, shuningdek, alohida o‘lan, lapar, baxshichilik va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha ijrochilar shahar va tuman madaniyat bo‘limlari tavsiyasiga ko‘ra, tanlov Nizomida belgilangan 16 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z dasturlari bilan viloyat bosqichida ishtirok etadi. 

Viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida joriy yilning 17 iyul kuni Jizzax shahar Mustaqillik maydonida mazkur tanlovning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tanlovda Arnasoy tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan ashula va raqs ansambllari qatnashchilari, o‘lan, lapar, baxshichilik, estrada yo‘nalishlari ijrochilari o‘z dasturlari bilan ishtirok etib, hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan munosib baholandi. Tanlovda 300dan ortiq tomoshabin va qatnashchi ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: