O‘zbekiston elchisi Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston 08:46 / 20.07.2017 5008

O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Vitaliy Fen Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi Cheong Wa Dae (Ko‘k uy) qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati 2017 yilning 27 may kuni 10-yalpi majlisda Vitaliy Fenni O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchisi lavozimiga tasdiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: