Toshkentdagi Inha universiteti kirish imtihonlarini online tarzda namoyish etadi

O‘zbekiston 08:17 / 20.07.2017 11052

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2017 yilning 20-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan imtihonlarni kuzatishni istaganlar uchun imkoniyat yaratib, kirish imtihoni jarayonlarini real vaqt rejimi(online)da namoyish etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yili IUT O‘zbekistonda birinchi marotaba keng jamoatchilik uchun universitetning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi hamda maxsus sahifa orqali kirish imtihonlarining video-strimingini tashkil etgan edi.

Universitet bu yil ham kirish imtihonlarining video-strimingini tashkil etmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini live.inha.uz. havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Kirish imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan «O‘zko‘rgazmasavdo» binosida veb-kameralar o‘rnatilgan, ular o‘z navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini ko‘rsatadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimning yuklanishdagi tezligini ta'minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag‘lari tejaladi.

Shuningdek, IUT universitetning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi https://www.facebook.com/inha.uz rasmiy sahifasi orqali kirish imtihonlarining video-strimingini tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: