Toshkentda yangi turar-joy majmuasi quriladi

O‘zbekiston 12:49 / 20.07.2017 31778

Vazirlar Mahkamasining 7 iyuldagi qarori bilan Toshkent shahrida tez quriluvchi va arzon turar-joylar qurishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Qurilish 2017-2018 yillar davomida poytaxtning Olmazor tumanidagi “Toshkent chinni zavodi” sobiq zavodi hududida amalga oshiriladi. “Yangi Olmazor” turar-joy majmuasi o‘z ichiga: 

•  oltita 9 qavatli ko‘p xonadonli uylar;
• zamonaviy energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali qurilish konstruksiyalari va mahsulotlaridan foydalangan holda 9-qavatli tajribaviy ko‘p xonadonli uyni  qamrab oladi.

Qurilgan turar-joy asosan yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar, shuningdek, turar-joy sharoitlari yaxshilanishi lozim bo‘lgan fuqarolarga taqdim etiladi.

Turar-joy majmuasi jismoniy shaxslarning boshlang‘ich to‘lovlari (xonadon qiymatidan 25 foiz), Davlat byudjyeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan quriladi.

Tashqi va xonadon ichidagi muhandislik tarmoqlari, yo‘llar, yo‘laklar, uy hovlisidagi inshootlar, bolalar maydonchalari, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, loyihani ishlab chiqish Toshkent shahar mahalliy byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan tashkilotlar imtiyoz va preferensiyalarga ega.

Ko‘proq yangiliklar: