«Toshkent-Samarqand» temir yo‘li bo‘ylab arzon turar-joylar quriladi

O‘zbekiston 17:40 / 20.07.2017 42124

«Toshkent-Samarqand» tezyurar temir yo‘li bo‘ylab yangi turar-joylar quriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining «Toshkent-Samarqand» tezyurar temir yo‘li uchastkasi bo‘ylab joylashgan aholi punktlari arxitektura qiyofasini yaxshilash va bu yerga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Joriy yilda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 629 ta yangi arzon turar-joylarni qurish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilning 1 oktabriga qadar ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlarning joriy ta'mirlash ishlarini yakunlash, shuningdek, «Toshkent-Samarqand» uchastkasidagi tezyurar temir yo‘liga yaqin joylashgan eskirgan yo‘l belgilarini almashtirish nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: