Stiv Voznyak iPhone’ning yuqori narxiga nima sabab ekani haqida gapirdi

Fan-texnika 16:05 / 20.07.2017 12881

Apple korporatsiyasi hammuassisi Stiv Voznyakning ma'lum qilishicha, iPhone’ning baland narxi smartfon yuqori sifat va ishonchga ega ekanligi bilan bog‘liq. Bu haqda u South China Morning Post nashriga aytib o‘tgan.

«Apple mahsulotlari sifatli, biroq ularning narxi ham juda yuqori. Ko‘plab insonlar buning uchun pul to‘lashga rozi bo‘lmoqda», - dedi Voznyak Xitoyning Guandunidagi texnologik konferensiyada chiqish qilib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydagi ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bo‘yicha doimiy ravishda izlanmoqda, biroq smartfonning funksionalligini ham saqlab qolishmoqchi: «Ular yaxshi ishlab chiqilgan, chiroyli ko‘rinishga ega, narxi esa o‘rtacha daromadga ega kishiga mos keladi».

Ko‘proq yangiliklar: