Samarqandda yangi bioreaktor-poligon tashkil etiladi

Jamiyat 11:27 / 20.07.2017 6670

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 19 iyul kuni “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishning modernizatsiyasi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishning modernizatsiyasi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Loyiha Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida amalga oshiriladi.

Hujjatga muvofiq, Samarqand hokimiyati huzuridagi Maroqand Obod davlat unitar korxonasi loyihani amalga oshiradi. Kredit va grantlardan maqsadli hamda samarali foydalanish, shuningdek, loyihaga ajratilgan kreditlarni qoplash vazifalari Maroqand Obod zimmasiga yuklandi.

Loyihani amalga oshirish muddati 5 yil – 2017 yildan 2021 yilgacha. Loyiha doirasida yangi bioreaktor-poligon tashkil etiladi, u yerda biogazni ushlab qolish va foydalanish bo‘yicha yangi tizimlar o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 19 dekabr kuni Fransiya taraqqiyot agentligi bilan Samarqand shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida qiymati 23,5 million AQSh dollarilik kredit bitimi imzolandi. Uning yordamida qattiq maishiy chiqindilarni qayta tiklash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish orqali Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish imkoni yaratiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: