Rossiyada o‘zbekistonlik 2 yoshli bola 3-qavatdan pastga qarab quladi

Jamiyat 17:10 / 20.07.2017 14323

Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik 2 yoshli bola shifoxonaga olib ketildi. U ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan birining derazasidan pastga qarab qulagan. Bu haqda shahardagi 5-raqamli bolalar shifoxonasi xodimlari xabar berdi.

Payshanba kuni kunduzi tez tibbiy yordam O‘zbekistonning ikki yoshli fuqarosini shifoxonaga olib ketdi. Unda bosh miyaning yopiq jarohati, bosh miyaning shikastlanishi, peshona sohasi, qovurg‘alarining lat yeyishi aniqlandi. Bola ikkinchi darajali komada ekani aytilmoqda.

Bolaning 22 yoshli onasi so‘zlariga ko‘ra, Moskva ko‘chasidagi ijaraga olingan xonadonda bo‘lishgan. Bola deraza rafida, yelkasi bilan oynaga suyangan holda turgan. Kutilmaganda oyna sinib ketib, bola uchinchi qavat balandligidan pastga qarab qulagan.

Ko‘proq yangiliklar: