Rossiya AQShga: muzokaralar jarayonini chigallashtirish kerak emas

Jahon 17:25 / 20.07.2017 6732

Rossiya tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Andrey Krutskix Amerika tomonini kiberxavfsizlik bo‘yicha muzokaralar ish jarayonini chigallashtirmaslikka chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Ish jarayonini chigallashtirish kerak emas, albatta, u qiyin kechmoqda. Biroq bunda Amerika tomoni ko‘proq aybdor, bu bizning emas, balki Amerika ma'muriyatining muammosi», - dedi u.

Krutskixning shuningdek ta'kidlashicha, tashqi siyosat idorasi rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkovning Vashingtonga tashrifi, AQSh bilan muloqotda «diplomatiya ish berishini» tasdiqlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: