Ravon Qozog‘istondagi eng arzon avtomobilga aylandi

Fan-texnika 18:10 / 20.07.2017 26100

Qozog‘istonliklar uchun eng arzon avtomobillar reytingi tuzildi, deb xabar bermoqda Nur.kz. Taqqoslash 2017 yilda ishlab chiqarilgan va Qozog‘istonda rasmiy dilerlarga ega avtomobillar o‘rtasida o‘tkazildi. 

Avtomobillarning A-sinfida eng arzoniga KIA Picanto va Ravon R2 aylandi – mos ravishda 2 mln 499 ming va 3 mln 425 ming tenge.

V-sinfida esa Ravon R3 (2 mln 559 ming), Lada Granta (2 mln 800 ming), Ravon R4 (2 mln 959 ming), Renault Logan (3 mln 325 ming), Lada Vesta (3 mln 890 ming), Volkswagen Polo (4 mln 650 ming), Kia Rio (4 mln 650 ming), Hyudai Accent (4 mln 790 ming teng) eng arzon avtomobillar nomini qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: