«PSJ» Neymarga katta mukofot puli va'da qilgan

Sport 10:42 / 20.07.2017 6400

«PSJ» hamon «Barselona» hujumchisi Neymarni sotib olish fikridan qaytmayapti, deb yozmoqda Globo Esporte. Buning uchun parijliklar kataloniyaliklarga 222 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, agar 25 yoshli braziliyalik futbolchi parijliklar safiga o‘tsa, uning o‘zi shartnoma imzolagani uchun 50 million yevro mukofot puli ishlab oladi va barcha soliqlarni chiqarib tashlaganda yiliga 35 million yevrolik maoshga ega 5 yillik bitimga imzo chekadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kataloniya klubi rahbariyati Neymarni sotib olish uchun hech kimning puli yetmasligini aytib, barcha mish-mishlarni rad etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: