Noyob qurbaqalarni brakonerlardan qutqarish uchun 600 dollardan pullashmoqda

Jamiyat 13:40 / 20.07.2017 5866

Ekvadordagi qator ekologik kompaniyalar noyob qurbaqalarni 600 dollardan sotishga majbur bo‘lmoqda. Firmalar shu tariqa qurbaqalarni noqonuniy ovchilar va yo‘q bo‘lib ketish xavfidan saqlab qolmoqda, deb yozadi AFP.

Ta'kidlanishicha, qurbaqalar laboratoriyalarda ko‘paytiriladi. Bu mahalliy faunaga ta'sir qilmaslik maqsadida amalga oshiriladi. Shundan so‘ng ularni etik biosavdo, deb ataluvchi sxemaga kiritishadi. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi bu jonivorlarni Kanada, AQSh, Yaponiya hamda Yevropa davlatlariga sotishmoqda.

— Bu qurbaqalarning baland narxlari, noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanish qanday foyda keltirishi haqida tasavvur beradi, — deydi ekologik kompaniyalardan birining menejyeri Lola Garderas.

Ma'lumot uchun, Ekvador hududida qurbaqalarning 600 dan ortiq turi yashaydi, ularning 186 tasi yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida. Mamlakat hukumati ham suvda, ham quruqlikda yashovchi bu jonivorlarni o‘ldirish va sotishni taqiqlagan.

Ko‘proq yangiliklar: