Moldova Rossiya bosh vaziri o‘rinbosariga HHK samolyotida uchib kelishni taqiqladi

Jahon 12:26 / 20.07.2017 8909

Moldova rahbariyati Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozinga Kishinev hamda Tiraspol shaharlariga mamlakat harbiy-havo kuchlari samolyotida uchib kelishni taqiqladi. Bu haqda Deschide.md manbaga asosan xabar bergan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Moldova tashqi ishlar va Yevropaga integratsiya bo‘yicha vaziri Andrey Galubr 19 iyul kuni tegishli maktubni Rossiya elchixonasiga yuborgan.

«Moldovaning tegishli idoralari shunday qarorni qabul qilishiga, Kishinev hamda Tiraspol aeroportlarida buning uchun kerakli sharoitlar yo‘qligi sabab bo‘lgan. Rossiya tomoni bu haqda avval bir necha marotaba xabardor qilingan», - deyiladi maktub matnida.

Bundan tashqari, Moldova TIVning ma'lum qilishicha, Pridnestroveda qurolli mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish prinsiplari bo‘yicha kelishuv imzolangani va Dnestrda tinchlikparvar amaliyotlar boshlanganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarning bir tomonlama o‘tkazilishi maqsadga muvofiq emas.

Ko‘proq yangiliklar: