«Milan» Morata va Obameyangdan quruq qoldi, e'tibor Belottiga qaratiladi

Sport 18:35 / 20.07.2017 4793

«Real» hujumchisi Alvaro Morata «Chelsi»ga o‘tdi, Per Emerik Obameyang «Borussiya»da qoladigan bo‘ldi. Endilikda ushbu ikki futbolchi uchun faol kurash olib borgan «Milan» «Torino» hujumchisi Andrea Belottiga yuzlanadi.

Shartnomasida badal puli miqdori 100 mln yevro etib belgilab qo‘yilgan 23 yoshli bu hujumchi uchun milanliklar 40 mln yevro va o‘z himoyachisi Gabriel Paletta hamda hujumchi  M’Bayye Nyangni taklif etmoqda. 

Sky Sports xabariga ko‘ra, «Milan» taklif miqdorini 60 million yevroga ko‘tarsa, futbolchini qo‘lga kiritadi.

Yakunlangan mavsumda Belotti Italiya chempionati to‘purarlaridan biri bo‘lgandi. U 35 uchrashuvda 26 gol urgan.

Italiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan ushbu hujumchi 2015 yili «Palermo»dan «Torino»ga 7,5 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan, uning turinliklar bilan shartnomasi muddati 2021 yilgacha.

«Milan» yozgi transferlar vaqtida «Portu» hujumchisi Andre Silvani 38 million yevro evaziga sotib olgandi.

«Milan»ni to‘xtatib bo‘lmayapti. Jamoa bosh direktori yana hujumchilar istamoqda

Ko‘proq yangiliklar: