Hindistonda yangi prezident saylandi

Jahon 17:50 / 20.07.2017 13359

Hindistonning yangi prezidenti etib hukmron «Bxaratiya janata parti» partiyasi a'zosi Ram Natx Kovind saylandi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Kovind ovoz beruvchilarning 65 foizdan ortiq ovozlarini olgan (Hindistonda prezident umumiy saylovlarda emas, balki saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylanadi – tah.). Kovind mamlakatning 14-prezidentiga aylandi.

Ram Natx Kovind avval Bixar shtati gubernatori lavozimini egallagan. Eslatib o‘tamiz, Hindistonda prezidentlik saylovlari 17 iyul kuni bo‘lib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: