Fransiyada deputatlar endi bo‘yinbog‘ va kostyumlarsiz yuradi

Jahon 18:20 / 20.07.2017 4967

Fransiya Milliy yig‘ilishi deputatlari parlamentdagi eshituvlar davomida bo‘yinbog‘ va kostyum kiyib yurishga majbur emaslar, deyiladi quyi palata byurosi tomonidan payshanba kuni tarqatilgan xabarda.

Milliy yig‘ilishning oliy kollegiya idorasi tomonidan erkaklarning bo‘yinbog‘ va kastyum kiyib yurishi haqidagi masala chorshanba kuni ko‘rib chiqildi. Bunga sabab – “Bo‘yin egmagan Fransiya” fraksiyasi deputatlarining xatti-harakatini o‘rganib chiqish bo‘ldi, ular iyun oxirida Milliy yig‘ilishning yangi tarkibi birinchi majlisiga bo‘yinbog‘ va kostyumlarsiz kelgan. Quyi palataning yangi a'zolari harakati qator siyosatchilar tanqidiga sabab bo‘ldi.

Prezidentlikka sobiq nomzod Jan-Lyuk Melanshonning “Bo‘yin egmagan Fransiya” partiyasi iyun oyidagi saylovlar natijalariga ko‘ra, parlamentga birinchi marta kirdi.

"Byuro hech bir nizom hujjatlari deputatlarning kiyimiga tegishli emasligi va bo‘yinbog‘ hamda kostyumlarni yig‘ilish zalida kiyishga majburiyat yuklamasligini eslatadi", - deyilgan hisobotda.

Ko‘proq yangiliklar: