Donald Tramp: «Makron mening qo‘limdan ushlashni yoqtiradi. U juda aqlli»

Jahon 12:10 / 20.07.2017 9382

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Parijdagi uchrashuv yakunida Tramp va Makron bir necha soniya davomida qo‘l siqishib, keyin xayrlashgandilar.

«U juda ajoyib. Makron aqlli va kuchli. U mening qo‘limdan ushlashni yaxshi ko‘radi»,- degan Tramp. Ekspertlardan biri esa bu uzoq davom etgan ko‘rishishga shunday baho berdi: «Bu yetakchilik uchun kurash edi. Ular bir-birlarini qo‘yib yuborishni xohlashmadi». Tramp bir necha marotaba Makronning ajoyib rahbar ekanini ta'kidlagandi.

Parijdagi uchrashuv chog‘ida, Tramp Makronning 64 yoshli turmush o‘rtog‘i Brijitga uning qomati yaxshi saqlanganini aytib, xushomad ham qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: