Davlat departamenti Damashqni IShIDdan neft xarid qilishda aybladi

Jahon 09:35 / 20.07.2017 4803

AQSh Damashq hukumatiga nisbatan jiddiy ayblov bilan chiqdi. Davlat departamentiga ko‘ra, Suriya rasmiy rahbariyati vositachilar orqali IShIDdan neft xarid qilmoqda. Davlat departamentining terrorizm bo‘yicha 2016 yilga bag‘ishlangan hisobotda shu haqda so‘z yuritilgan. 

"Suriya tuzumi kengroq strategiya doirasida yil davomida o‘zini terrorizm qurboni sifatida namoyish etib keldi, barcha ichki qurollangan muxolifatni terrorchilar  deb baholadi. Suriyadagi IShID boshqa mamlakatlarda terrorchilik amaliyotlari o‘tkazishni rejalashtirgan yoki ularni amalga oshirishga turtki bergan. Bundan tashqari, Suriya tuzumi IShIddan neft xarid qilib, terrorchilik guruhiga foyda keltirgan", — deyiladi hisobotda. 

Aytish joizki, AQSh Suriyani 1979 yildan beri terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlar sirasiga kiritgan. Hujjatda ta'kidlanishicha, "Asad tuzumi mintaqa barqarorligiga raxna soluvchi turli terrorchilik guruhlarga harbiy va siyosiy yordam berishga urinib keladi".

AQSh va uning hamkorlarining ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorlik qilishi samarasi o‘laroq IShIDning internetdagi faolligi birmuncha pasaytirildi. Bunda, internet IShIDning o‘z safiga yangi terrorchilarni jalb qilishdagi asosiy manbai bo‘lib qolgan. 

"Ijtimoiy tarmoqlar orqali jangarilarni yollash 2016 yilning asosiy manbai bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar va uning hamkorlari internetdan terrorchilik maqsadlarida foydalanishga chek qo‘yish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va boshqa shaxslar bilan qalin hamkorlik qilib keldi", — deyiladi Davlat departamenti hisobotida. 

"Olib borilgan sa'y harakatlar natijasida IShIDning internet orqali ma'lumotlar manbai 2015 yil avgustidan 2016 yil avgustigacha 75 foizga pasaygan. IShIDning 2014 yildan 2016 yil o‘rtalarigacha Twitter orqali tarqatgan bayonotlari 45 foizga qisqargan". 

"Bu IShID rasmiy OAVning har oylik axborotlari sonini keskin pasayishiga olib keldi. Bundan tashqari, 2017 yil boshida 19 ta faol OAVga ega bo‘lgan", — deb ta'kidlanadi Davlat departamentining hisobotida. 

Ko‘proq yangiliklar: