CIS Education Group – abituriyentlar uchun Xitoyda o‘qish imkoniyati!

Jamiyat 09:15 / 20.07.2017 20334

Abituriyentlar uchun Xitoyda o‘qish imkoniyati! Istalgan soha, yo‘nalish, shahar va boshqa talablarga ko‘ra turli takliflar Siz uchun CIS Education Group'dan!

CIS Education Group konsalting markazi abituriyentlarga xorij oliy o‘quv yurtlarini tanlashda, hujjatlarni topshirishda, chegirmalar, grantlar va boshqa imtiyozlar asosida o‘qishga kirishda, istiqomat hamda boshqa shart-sharoitlarni ta'minlash bo‘yicha savollarda ko‘maklashadi.

Abituriyentlar e'tiboriga! Xitoyning Haynan orolida joylashgan Haynan Iqtisod va Biznes Instituti hamda Lyanyungan shahrida joylashgan Lyanyungan texnik-professional institutida o‘qishga marhamat!

Haynan oroli. Xitoyning Haynan oroli mamlakatning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda u savdo, turizm va ta'lim sohalari rivojlangan yirik maskanlardan biri hisoblanadi. Rivojlanganlik darajasi bilan BAAning Dubay shahriga qiyoslanadi.

Haynan Iqtisod va Biznes Instituti. Haynanning Haykou shahrida joylashgan ushbu institut Xitoyning eng yaxshi 100 professional institutidan biri hisoblanadi. Bu turizm va iqtisod sohasini yuqori sifatda o‘rganishni xohlaganlar uchun optimal tanlov.

Endi Siz ham besh yulduzli mehmonxonalarda malaka oshirishingiz mumkin! Haynanning Haykou va boshqa yirik shaharlarida mehmonxona biznesi rivojlangan bo‘lib, talabalarga turar-joy va malaka oshirish uchun keng tanlov taqdim etiladi.

Haynan Iqtisod va Biznes Instituti fakultetlari:

Jahon tillari fakulteti;

⦁ Xalqaro savdo fakulteti;

⦁ Moliya boshqaruvi fakulteti;

⦁ Biznes boshqaruvi fakulteti;

⦁ Menejment va turizm fakulteti;

⦁ Axborot texnologiyalari fakulteti;

⦁ Elektromexanika fakulteti;

⦁ San'at dizayni fakulteti;

Lyanyungan. Lyanyungan - Xitoy dengiz qismining markazida, Tszyansu provinsiyasida joylashgan shahar va Xitoy g‘arbiy sohilining oltin tumanlaridan biri.

Lyanyungan shahri boy tarixga ega, go‘zal tabiat va yoqimli iqlim hamda resurslarga boy shahar-bandargoh sanaladi.

Lyanyungan texnik-professional instituti to‘liq o‘quv kunli davlat instituti hisoblanadi. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga tayyorlovchi til kurslari talabalarga o‘qishni bitirgandan so‘ng eng yaxshi institutlarga kirishga yordam beradi.

Lyanyunganda oliy ma'lumotli bo‘lish afvzalliklari:

  • Kuchli salohiyatli talabalar qurshovida ta'lim olish;
  • Ikkilamchi stipendiya (shahar va provinsiya);
  • Chet el talabalar uchun yirik kompaniyalardan malaka oshirish platformalari;
  • Doimiy mukammallashayotgan maishiy xizmat, totuv atmosfera va turli madaniyatli xorij talabalariga nisbatan hurmat-e'tibor.

Batafsil ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:
            + 99895 198-03-01
            + 99899 870-31-33
            + 99899 866-31-33

            + 99897 707-57-49
           
Bizning manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 100-uy. iStudy binosi, ikkinchi qavat.

Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati, International Hotel Tashkent mehmonxonasi, va Tashkentland ko‘ngilochar bog‘i ro‘parasida.

E-mail: manageruz_c@cisedugroup.com

Web-site: www.cisedugroup.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: