Bekobodda o‘g‘il otasini o‘marib ketdi

Jamiyat 14:40 / 20.07.2017 9238

Noma'lum shaxs 15 iyulga o‘tar kechasi Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi O.Sh.ning uyiga, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirgan. Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘g‘ri uyda saqlanayotgan seyf ichidan 30 mln so‘m naqd pul, 50 AQSh dollari, umumiy narxi taxminan 4 mln 9 yuz ming so‘m bo‘lgan 2 ta tilla nikoh uzugi, 1 juft tilla zirak va 1 ta tilla zanjirni o‘g‘irlab, voqea joyida gumdon bo‘lgan. Shu bilan uy egasiga yirik miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

Toshkent viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni O.Sh.ning o‘g‘li, 1992 yilda tug‘ilgan M.O. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

14 iyul kuni Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi nafaqaxo‘r T.Z. uyiga kelgan tanishi, uy bekasi T.X. ustidan ichki ishlar idoralariga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni T.X. kelganidan so‘ng, ular spirtli ichimlik ichishgan va uy egasi uning ta'siridan mast bo‘lib, uxlab qolgan. 

Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilishicha, qulay fursatni boy bermagan hushyor-mast bo‘lgan T.X. mezbonning mehmonxonasi shkafida saqlanayotgan jami 8 mln so‘m pullarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni T.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Chinoz tumanida yashovchi T.A. ariza bilan murojaat qilib, 5 iyul kuni soat 06:00- 07:30 lar oralig‘ida noma'lum shaxs uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, devordan oshib tushish yo‘li bilan kirgan. U uyning yotoqxonasidan umumiy narxi taxminan 3 mln so‘m bo‘lgan 4 dona tilla uzugi va 500 ming so‘m pulini o‘g‘irlab, juftakni rostlagan. 

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Chinoz tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz J.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Hozirda, yuqoridagi holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: