«Barselona» Neymarga o‘rinbosar topib qo‘ygan

Sport 12:20 / 20.07.2017 13582

«Barselona» «Monako» hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi 18 yoshli fransuz futbolchisini «PSJ»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan Neymar o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Qayd etib o‘tish joiz, Mbappeni sotib olish uchun «Real», «Arsenal» va «Liverpul» jamoalari ham da'vogarlik qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» parijliklar yarimhimoyachisi Marko Verrattini sotib olish uchun harakat qilayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: