AQSh Al-Qudsdagi keskin vaziyatdan tashvishda

Jahon 09:53 / 20.07.2017 8083

Oq uy rasmiy vakili Shon Spayserning ma'lum qilishicha, Vashington Al-Qudsdagi al-Haram al-Quds ash-Sharif bilan bog‘liq keskin vaziyatdan tashvishda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«AQSh al-Haram al-Quds ash-Sharif bilan bog‘liq vaziyatdan juda tashvishda. Bu yer – yahudiylar, musulmonlar va xristianlar uchun muqaddas joy bo‘lib, Qo‘shma Shtatlar Isroil va Iordaniyani muammoga yechim topish uchun harakat qilishga chaqiradi. Bunda muqaddas joydagi xavfsizlikni ushlab turish birinchi o‘rinda turishi kerak», - dedi u.

Spayserning so‘zlariga ko‘ra, AQSh voqealar rivojini jiddiy ravishda kuzatib boradi.

Avvalroq Isroil politsiyasi Al-Aqsa masjidi imomiga jarohat yetkazgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: