Veon Rossiyada yangi messenjerni ishga tushirdi

Fan-texnika 20:36 / 19.07.2017 5334

Rossiyaning «Bilayn» operatoriga egalik qiluvchi Veon holdingi Rossiya, Gruziya, Pokiston, Ukrainada shu nom ostida messenjer ishga tushirilganini ma'lum qildi. Italiyada messenjer hafta oxirigacha ishga tushirilishi kutilmoqda. Servisda bepul qo‘ng‘iroqlar, yangiliklar tasmasi va foydalanuvchilar uchun maxsus takliflar yig‘indisi bor.

Kompaniya xabarida aytilishicha, Veon messenjerida shaxsiy va guruhda yozishmalarni amalga oshirish, bepul qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek, yangiliklar, musiqa va video tasmasini tuzish mumkin. Holdingga kiruvchi tarmoqlar abonentlari Veon’dan hisobda mablag‘ qolmaganda ham foydalanishi mumkin.

Ilovada kafe va kinoteatrlar kabi joylardan maxsus takliflar ham bor. Shuningdek, messenjerdan foydalanish uchun bonuslar nazarda tutilgan. Yangi foydalanuvchi 1 gigabayt trafikni oladi, taklif etilgan do‘st uchun ham shuncha beriladi. Servisga har kunlik tashrif uchun 100 MB beriladi.

Veon Google Play’da paydo bo‘ldi, biroq hozircha uni yuklab olish imkonsiz. App Store uchun nusxa hozircha yo‘q: messenjer yaratuvchilari uni keyinroq ishga tushirish haqida va'da berishgan, biroq aniq muddatlar noma'lum.

Ko‘proq yangiliklar: