O‘zbekistonda «Adolat saroyi» majmuasi quriladi

O‘zbekiston 18:00 / 19.07.2017 11534

O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahrida «Adolat saroyi» majmuasini qurish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Majmuada Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy va Oliy sudlar, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi odil sudlov muammolarini o‘rganish Tadqiqot markazi, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta'minlash bo‘yicha Departamenti hamda O‘zbekiston sudlar Assotsiatsiyasi joylashadi.

«Adolat saroyi» majmuasida O‘zbekistonda tashkil etilayotgan adliya Akademiyasi ham joylashadi.

Hujjatga ko‘ra, bu yerda ochiq sud yig‘ilishlarini kuzatish bo‘yicha maxsus zal ham tashkil etiladi. O‘zbekiston fuqarolari ushbu zalga tashrif buyurishi va mamlakat bo‘ylab ochiq jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Majmua hududida Amir Temurga haykal o‘rnatiladi. O‘zbekiston badiiy akademiyasi Oliy sud bilan hamkorlikda bir oylik muddatda haykalni yaratish uchun tanlov e'lon qiladi.

Bundan tashqari, majmuada Adolat akademiyasi eshituvchilarining istiqomat qilishi uchun mehmonxonalar, kutish joylari, avtoturargohlar va qamoqqa olingan shaxslarni xavfsiz saqlash uchun joylar quriladi.

Ko‘proq yangiliklar: