O‘zbekiston yil boshidan buyon 1 milliard dollardan ortiq kredit jalb qildi

Iqtisodiyot 21:00 / 19.07.2017 15999

O‘zbekiston hukumati 2017 yil boshidan buyon xalqaro moliyaviy institutlar va donor davlatlar bilan jami 1,024 milliard dollarlik kredit kelishuvlarini imzolagan. Bu haqda Moliya vazirligi ma'lum qilgan.

«O‘zbekiston hukumati aprel-iyun oylarida loyihalar realizatsiyasi uchun 413,04 million dollarlik 4ta kredit kelishuvlarini imzolagan. Loyihalarning umumiy qiymati 470,24 mln dollarni tashkil etadi», - deya qayd etilgan bayonotda.

Birinchi chorakda O‘zbekiston hukumati 611,47 million dollarlik 6ta kredit kelishuvlarini imzolagandi. Shu tariqa, O‘zbekiston yil boshidan buyon loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etgan kredit mablag‘lari miqdori 1,024 milliard dollarni tashkil qilgan. Kreditlar jalb etilgan loyihalarning umumiy qiymati 1,3 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: