O‘rtoqlik uchrashuvi. «Arsenal» «Bavariya»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

Sport 18:54 / 19.07.2017 8438

Yevropaning top-klublari o‘rtoqlik uchrashuvlari seriyasida maydonga tushmoqda. Xitoyning Shanghay shahrida «Arsenal» «Bavariya» ga qarshi o‘ynab, g‘alabaga erishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limida Robert Levandovski penaltidan hisobni ochdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Aleks Ivobi hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.

Turnir formatidan kelib chiqqan holda penaltilar seriyasi boshlandi va unda londonliklar jamoasining qo‘li baland keldi.

International Champions Cup
Xitoy

«Bavariya» – «Arsenal» – 1:1 (1:0, 3:4 – penaltilar bo‘yicha)
Gollar: 1:0 – Levandovski (9, penalti), 1:1 – Ivobi (90).
«Bavariya»: Shtarke (Fryuxtl, 46), Hummels, Martines (Sanshesh, 46), Rafinya, Bernat, Alaba, Tolisso (Dorsh, 75), Xames (Vinttsxaymer, 65), Myuller (Koman, 46), Riberi (Fridl, 75), Levandovski (Pantovich, 65).
«Arsenal»: Chex (Martines, 72), Belik (Bremoll, 46), Monreal, Meytlend-Naylz, Kolashinats (Nelson, 44), Koklen (Uillok, 46), El-Nenni, Chaka (Remzi, 62), O‘zil (Ivobi, 46), Uelbek (Nketia, 72), Lyakazett (Uolkott, 46).

Ko‘proq yangiliklar: