Yurist javobi: Kadastr hujjatlari uchun to‘lov va ularni tiklash tartibi

Jamiyat 16:00 / 19.07.2017 53040

SAVOL: Uy-joyga kadastr hujjatlari (yig‘majild) tayyorlashda qaysi hujjatga muvofiq pul to‘lovlari olinadi?

Z.ORTIQOVA, Toshkent viloyati

JAVOB: Kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq qishloq joylarda qurilish osti maydoni 100 kv.metrgacha bo‘lgan xonadonga har bir kvadrat metr uchun minimal ish haqining 1 foiz miqdorida,  100 kv.metrdan  yuqorisiga  bir  minimal miqdorida belgilanadi.

 

KADASTR hujjati (yig‘majildi) yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda kadastr hujjatlarini tiklash uchun nima qilish kerak va qancha muddatda bajariladi?

R.KARIMOV, Surxondaryo viloyati

JAVOB: Kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda huquq egasining arizasiga muvofiq tuman (shahar) «Yermulkkadastr» davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi. Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) kadastr davlat korxonasi rahbari tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.

Savollarga O‘zbekiston Respublikasi «Yergeodezkadastr»

Davlat qo‘mitasi yuridik xizmati boshlig‘i Jamshid AMIRQULOV javob berdi.

Ko‘proq yangiliklar: