Tadqiqot: akulalar tilning o‘rniga yelkalardan foydalanadi

Jamiyat 17:29 / 19.07.2017 8823

Akulalar oziqni yutish uchun yelkalarini qisishadi. Buni Braun universiteti tadqiqotchilari rentgen yordamida aniqlashdi. Natijalar Royal Society Proceedings B jurnalida e'lon qilingan.

Akulaning tili og‘izdagi shilliq parda qatlami kabi ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘z muskullariga ega emas. Shuning uchun undan oziqni oshqozon trakti bo‘ylab o‘tkazishda foydalanish mumkin emas. Tadqiqotchining rentgen rekonstruksiyasi yordamida aniqlashicha, akulalar buning uchun yelkalarini ishlatishadi. Ular yelkani orqaga surishganida, oziq oshqozonga “yutilib ketadi”. Tadqiqotchilar buni aniq qayd etish uchun, uch oq dog‘li akulani baliq bo‘laklari bilan boqishdi.

Tadqiqotchilarning fikricha, akulalarning bu turida ancha uzun halqum bo‘lgani uchun, u o‘ziga xos “gidrodinamik til”ning bir qismi hisoblanadi. Akula og‘zini yopganidan so‘ng, uning yelkasi 11 darajaga o‘zgaradi. Avval u akulalarga faqat suzgichni harakatga keltirish uchun kerak bo‘ladi, deb hisoblangandi.

Ko‘proq yangiliklar: