Imkoniyati cheklangan kishilarning pasportlari xonadonlarda topshirilmoqda

Jamiyat 22:42 / 19.07.2017 6314

Andijon viloyati, Shahrixon tumanida pasport bo‘linmasiga kelishga imkoniyati bo‘lmagan, nogiron fuqarolarga biometrik pasportlarni yashash joylarida topshirish yo‘lga qo‘yilgan.

Tuman IIB pasport bo‘linmasi tomonidan tashkil qilingan ishchi guruh joylarga chiqib, xonadonning o‘zida biometrik talabnomalar shakllantiradi va tayyor bo‘lgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni haftaning har payshanbasida o‘tkaziladigan profilaktika kuni doirasida IIB mas'ul kishilari ishtirokida tantanali tarzda topshirmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Shahrixon tuman IIB xabar bermoqda.

Shu kunga qadar pasport bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida tuman aholisining jami 148 ming 624 nafari biometrik pasportga ega bo‘lishdi. Hududda yashovchi 200dan ziyod imkoniyati cheklangan kishiga esa O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti  o‘z yashash joyida topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: