Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulligi ochiladi

O‘zbekiston 20:22 / 19.07.2017 9817

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligini ochish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar berilgan.

Hujjatda ta'kidlanishicha, qaror «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq hamda manfaatlarini samarali himoya qilishni ta'minlash, ularga sifatli konsullik-huquqiy yordamni ko‘rsatish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining migratsiya oqimlarini monitoring qilish» maqsadida qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya TIV hamda Sankt-Peterburg shahri ma'muriyati bilan ikki oylik muddatda O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulligini joylashtirish, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qilish vazifasi yuklandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston ayni damda Rossiyada ikkita diplomatik vakolatxonaga ega: Moskvadagi elchixona va Novosibirskdagi bosh konsullik. 

Ko‘proq yangiliklar: