Samarqandda “Neksiya” haydovchisi YHXB inspektorini urib ketdi

Jamiyat 20:08 / 19.07.2017 26264

Samarqandda “Neksiya” avtomobili haydovchisi YHXB xodimini katta tezlikda urib ketdi. Bu haqda «Samarkandskiy vestnik» gazetasi Facebook’dagi sahifada xabar bergan.

Tergov davomida aniqlanishicha, haydovchi Go‘ro‘g‘li ko‘chasida inspektorning to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmagan, buning o‘rniga uni urib ketgan.

Natijada kichik serjant Sherzod Mustafoyev jiddiy tan jarohatlarini oldi va shifoxonaga olib ketildi.

Hozirda qoidabuzar qo‘lga olinib, tergov jarayoni davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: