Poroshenko Janubiy Osetiya bilan chegaraga bordi

Jahon 14:57 / 19.07.2017 7622

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Gruziyaga tashrifi doirasida gruziyalik hamkasbi Georgiy Margvelashvili bilan Janubiy Osetiya chegarasiga bordi.

«Bu yerga Ukrainaning aniq pozitsiyasini bildirish uchun kelganman. Ukraina Gruziyaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlaydi», - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Lukashenko Ukraina sharqidagi mojaro sabab Poroshenko bilan ko‘rishmoqchi ekani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: