Oq uy Tramp va Putinning ikkinchi uchrashuvini to‘laqonli uchrashuv sifatida tan olmadi

Jahon 16:20 / 19.07.2017 6607

Vashingtondagilar mamlakat prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida 7 iyul kuni Hamburgdagi «Katta yigirmalik» sammiti doirasida davlat rahbarlarining kechki ovqat vaqtidagi uchrashuvini to‘laqonli uchrashuv, deb bilmaydi. Bu haqda Oq uy vakiliga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Amerikalik amaldor bu ikki siyosatchining uchrashuvini «atigi qisqa muloqot», deb baholagan.

«Prezident Tramp va Putin o‘rtasida hech qanday «ikkinchi uchrashuv» bo‘lmadi. Ular kechki ovqatdan keyin qisqagina suhbat qurishdi. Oq uy ikkinchi uchrashuv bo‘yicha faktlarni yashirishga urinayotgani haqidagi gaplar yolg‘on», deya prezident ma'muriyati so‘zlarini keltirgan agentlik. 

U Putin va Trampning kechki ovqatdan keyingi suhbatiga guvoh bo‘lgani, bu suhbatda faqat rossiyalik tarjimon qatnashganini ma'lum qilgan. Amerikaliklar tarjimoni bo‘lmaganini u tarjimon ruscha bilmagani bilan izohlagan.

18 iyul kuni Reuters agentligi sammit vaqtida Putin va Tramp yana bir marta uchrashgani, ammo bu haqda OAVda aytilmagani haqida xabar tarqatdi. The Washington Post prezidentlar 7 iyul kuni kechki ovqatdan keyin yana uchrashishgani, ularning bu uchrashuvi bir soatga yaqin vaqt davom etgani haqida yozib chiqdi.

Ikki prezident G20 sammitining birinchi kunida uchrashib, 2 soatu 15 daqiqa davomida muloqot qilgandi. Tramp va Putin ikki davlat munosabatlarini hamda xalqaro kun tartibida turgan dolzarb mavzularni muhokama qilishgandi. Bu uchrashuvda Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: