«Novza» masjidi ta'mirlanadi (foto)

O‘zbekiston 19:19 / 19.07.2017 48003

Toshkent shahridagi «Novza» jome' masjidida katta ko‘lamdagi qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita saytida ma'lum qilingan.

19 iyulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent shahar vakilligi hamda keng jamoatchilik masjidda amalga oshiriladigan qurilish-ta'mirlash ishlarini boshlash uchun yig‘ilishgan.

Rejaga ko‘ra, masjid hovlisiga namozxonlar uchun zamonaviy talablar asosida ayvon quriladi. Shuningdek, masjid tahoratxonasi yangilanadi.

Masjid ma'muriyati «Kun» fotomuxbiriga loyiha suratlarini taqdim etgan.

Ushbu masjid respublikadan haj va umra safarlariga otlanadigan ziyoratchilar uchun so‘nggi kuzatish maskani ekani hisobga olinib, bu yerda ayollar uchun alohida tahoratxona bo‘lishi hisobga olingan.

Qurilish-ta'mirlash ishlari Mustaqillik bayrami arafasida tugallanishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: