«Manchester Yunayted» futbolchisi «Inter»ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Sport 12:40 / 19.07.2017 9669

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsiyal keyingi mavsumda «Inter» safida o‘ynaydi.

Jurnalist Janluka di Martsioning ma'lumot berishicha, milanliklar klubi 21 yoshli fransiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Yaqin vaqtlar ichida Italiya klubi Manchester klubi bilan Marsiyalni ijaraga olish bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.

Fransiyalik futbolchi bilan «qizil iblislar» jamoasi o‘rtasidagi shartnoma muddati 2019 yilgacha tuzilgan.

Bundan avvalgi xabarlarda Marsiyalning Italiyaga kelishi Ivan Perishichning «Inter»dan «Manchester Yunayted»ga yo‘l olishi doirasida kechishi aytilgandi.

Yakunlangan mavsumda Marsiyal APLning 25 uchrashuvida maydonga tushib, 5 gol urib, 6 golga uzatma bergan.

Ko‘proq yangiliklar: