Lukashenko Ukraina sharqidagi mojaro sabab Poroshenko bilan ko‘rishmoqchi

Jahon 12:34 / 19.07.2017 7220

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 20-21 iyul kunlari Ukrainaga rasmiy tashrif bilan boradi hamda ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.

"Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan muzokaralar “yakkama-yakka” va kengaytirilgan shaklda bo‘lib o‘tadi", - deya xabar berdi Belarus rahbari matbuot xizmati. Xabarda aytilishicha, davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etishadi.

Shuningdek, “chegaradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha uslublarni muvofiqlashtirish” ham rejalashtirilgan.

"Uchrashuvdagi mavzulardan biri – Ukraina sharqidagi mojaroni hal etishdir. Belarus bunda jarayon tomonlariga muzokaralar maydonchasini taqdim etmoqda", - deyiladi xabarda.

Kutilishicha, muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolanadi, ular iqtisodiyot, ilmiy-texnika, madaniyat hamda millatlararo munosabatlar sohasidagi hamkorlikka tegishli bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: