Estoniyada politsiya o‘g‘irlangan velosipedni 14 yil davomida izladi

Jamiyat 17:34 / 19.07.2017 5385

Estoniyada politsiya 14 yil avval o‘g‘irlab ketilgan velosipedni topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Velosiped Tirva shahridagi ko‘p xonadonli uyning balkonidan o‘g‘irlab ketilgan. Uning egasi 14 yil muqaddam bu haqda politsiyani xabardor etgan va ramaning raqamini ko‘rsatgan. Joriy yilda esa yo‘qolgan transport vositasi Valgada topildi, hamda politsiya bu haqda o‘sha ayolni xabardor qildi.

«Ayol hayratga tushdi. Oila yaqinda yangi velosiped sotib olishni rejalashtirgan bo‘lgan va uzoq muddatdan so‘ng eskisi yo‘qolganini ilk bora muhokama qilishgan. Oilada bu borada hazil ham qilingan – ehtimol, yangi velosipedni xarid qilishdan ma'no ham yo‘q, balki eskisini yaqinda qaytarib berishar. Kelasi kuni esa politsiyadan bu borada xushxabar keldi va bu ularni yanada hayratga tushirdi», - degan konstebl Marek Kyays.

Ko‘proq yangiliklar: