Chilonzorda muqaddam sudlangan shaxs fuqarolardan birini 55 mln so‘mga chuv tushirib ketdi

Jamiyat 15:57 / 19.07.2017 6535

Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etib sudlangan shaxs yana firibgarlik jinoyatini sodir etganda qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on ko‘chasi 103-uy oldida, muqaddam 2015 yilda Olmazor tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 m. 2 q. bilan sudlangan, Olmazor tumanida yashovchi Q.M. Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on shox ko‘chasi 103-uyda yashovchi S.K.ga Xitoy Xalq Respublikasidan mebel ishlab chiqaruvchi texnika vositasini olib kelib berishini va'da qilib, 55.600.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlanib, profilaktika inspektorlari tomonidan ushlandi. 

Chilonzor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘z.R.JKning 168 m. 2 q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: