Bekobodda FHDYo hamda davlat notarial idorasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Jamiyat 17:28 / 19.07.2017 5785

Bekobod tumanida FHDYo hamda davlat notarial idorasining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Zamonaviy va milliy arxitektura yechimlari uyg‘unligida qad rostlagan ko‘rkam binoda yangi oilalarning nikohini qayd etish uchun tantanalar zali, kelin-kuyovlar va fuqarolar uchun alohida kutish xonalari, arxiv hamda davlat notarial idorasi joy olgan.

Bino zamonaviy jihozlar, aloqa va kommunikatsiya vositalari bilan ta'minlangan. Unda yigit-qizlarni hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush saboqlari, ro‘zg‘or sirlaridan xabardor etuvchi ”Oila dorilfununi”, “Yosh oila quruvchilar maktabi” mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Shu kuni yangi “Baxt uyi”da yoshlarning nikohlari tantanali qayd etilib, ularga “Nikoh guvohnoma”si topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: